O‘zbekiston Ukrainaning eksportga yo‘naltirilgan deyarli barcha shakarini sotib oldi

10:37 10 Avgust 2018 Iqtisodiyot
622 0

Joriy yilning iyul oyida Ukraina chetga 36,7 ming tonna shakar eksport qildi. Shundan 89 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilari milliy uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekiston o‘tgan oylardagi kabi ukrain shakarining asosiy xaridoriga aylangan.

O‘tgan oylardan farqli jihati, bu gal O‘zbekiston Ukrainaning deyarli barcha shakarini sotib olgan – 89 foiz. Bu boradagi nisbat Moldovada 4, Ozarbayjonda 3 va Tojikistonda 2 foizni tashkil etgan.

Shunday qilib mamlakatimiz faqatgina oxirgi uch oy ichida Ukrainadan 100 ming tonnadan ziyod shakar qabul qilib olgan. Solishtirish uchun, Rossiya butun 2017 yil davomida O‘zbekistonga 109 ming tonna shakar yuborgandi.

Bundan oldin “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi shakar importi sharofati bilan O‘zbekiston aholisi ushbu mahsulotni past narxlarda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lganini bildirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?