O‘zbekiston — Ukrainadan shakar import qiluvchi yetakchi davlat. Mayda salkam 40 ming tonna shakar import qilindi

16:06 11 Iyun 2018 Iqtisodiyot
287 0

Joriy yilning may oyida Ukraina shakarini eng ko‘p sotib olgan mamlakat O‘zbekiston bo‘ldi. Bu haqda Ukraina milliy shakar ishlab chiqarish assotsiatsiyasi "Xalq so‘zi Online”ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, may oyida Ukraina 54 ming tonna shakarni eksport qilgan. Bu aprel oyiga nisbatan 29 foizga ko‘proq degani. Eksport hajmining bu qadar oshishiga O‘zbekistonning ko‘p miqdorda shakar sotib olishi sabab bo‘lgan.

“Mayda Ukraina shakarining eng asosiy importchisi O‘zbekiston bo‘ldi. Ular umumiy eksport qilingan shakarning 72 foizini (salkam 39 ming tonna) sotib olishdi. Qolgan importchilardan Buyuk Britaniya 11 foiz, Ozarboyjon 5, Moldova 4 foiz shakarni import qilgan”, deydi tashkilot mutasaddilaridan biri Ruslan Butilo.

Aprel oyida Ukraina 41,8 ming tonna shakar eksport qilgan bo‘lib, ularning 55 foizini (salkam 23 ming tonna) O‘zbekiston import qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?