Oʻzbekiston Ukrainadan kamroq shakar xarid qildi, ammo asosiy importchi statusini saqlab qoldi

19:26 17 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
1207 0

2018 yil avgust oyi davomida Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilari 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga yetkazib berdi, ularning 79 foizini Oʻzbekiston xaridi qildi. Bu haqda Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi xabar berdi.

Bu Oʻzbekiston avgust oyida Ukrainada 17,7 tonna shakar sotib olganini bildiradi. Taqqoslash uchun, Oʻzbekiston iyun oyida 34,5 ming tonna, iyul oyida esa 32,7 tonna shakarni Ukrainadan import qilgandi.

“Avgust oyi mobaynida mahalliy ishlab chiqaruvchilar 22,4 ming tonna shakarni tashqi bozorga eksport qildi. Avgust oyida eng koʻp xaridni Oʻzbekiston amalga oshirdi — 79%. Keyingi oʻrinlarda Ozarboyjon (10 foiz) va Moldova (6 foiz) xaridorlari qayd qilindi”, - deyiladi idora xabarida.

Assotsiatsiyadan qayd etishlaricha, avgust - shakarni eksport qilish boʻyicha eng faol oy emas, shuning uchun iyul oyi bilan taqqoslaganda chet elga joʻnatilgan yuklar miqdori 39 foizga qisqardi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?