Oʻzbekiston uchun AQSH banki kredit ajratadi, Xitoy uskunalar olib keladi, Rossiya qurib beradi

14:27 09 Avgust 2019 Jamiyat
78 0

Moskva shahrida JPMorgan Chase Bank(AQSH) moliya xoldingi va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida xalqaro namunadagi tuzilmaviy eksport-kredit bitimi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Dunyoga mashhur kompaniyaning Moskvadagi ofisida shu boʻyicha tashkil etilgan tadbirda har ikki moliya muassasasi masʼul shaxslari, shuningdek, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Oʻzaro erishilgan kelishuvning umumiy qiymati 36,4 mln. yevro boʻlib, Xitoyning Sinosure eksport-kredit agentligi sugʻurta kafilligi ostida 7 yil muddatga berildi.

Hujjatda “Kvars” Aksiyadorlik jamiyati(RF) tomonidan Fargʻona viloyati Quvasoy shahrida energiya tejamkor texnologiyalar asosida float usulida silliqlangan oyna ishlab chiqarish zavodi qurilishini moliyalashtirishni nazarda tutadi.

Ushbu korxonada yillik mahsulot ishlab chiqarishning maksimal quvvati 400 tonnani tashkil etadi. Texnologik uskunalar Xitoyning Shanghai Pony Technologies kompaniyasi tomonidan olib kelinadi. Mutaxassislarning baholashicha, loyiha roʻyobi nafaqat 300 ta yuqori malakali ish oʻrni yaratish, balki mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash hamda eksportni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Eʼtiborlisi, bu JPMorgan Chase Bank moliya xoldingi tomonidan Oʻzbekistonda investitsiyaviy va tijoriy loyihalarini amalga oshirish uchun ajaritlgan ilk kredit liniyasidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?