Oʻzbekiston (U17) — Shotlandiya (U 18) 1:1

19:50 10 Oktyabr 2018 Sport
438 0
Foto: OʻFA matbuot xizmati

Shu kunlarda Otabek Gʻulomxoʻjayev bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston (U17) terma jamoasi Ispaniyada xalqaro musobaqa ishtirok etmoqda.

Turnir doirasida vakillarimiz dastlabki uchrashuvni, bugun 10 oktyabr kuni Shotlandiya (U18) termasiga qarshi oʻtkazdi.

Uchrashuvda hisobni Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi Etan Jeyms ochdi. Oʻyinning 32-daqiqasida u bergan zarbani darvozbonimiz Abduvoxid Neʼmatov qaytara olmadi.

Bellashuvning ikkinchi boʻlimida futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishdi.

58-daqiqada Shotlandiya darvozasiga belgilangan penaltini Jasur Jaloliddinov aniq bajardi. Oʻyinda boshqa gol kiritilmadi — Oʻzbekiston (U17) — Shotlandiya (U 18) 1:1

Oʻzbekiston terma jamoasi 13 oktyabr kuni Belgiya, 15 oktyabr kuni Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Shotlandiya – Oʻzbekiston 1:1

Gollar: 1:0—32 Etan Jeyms, 1:1— 58 penalti Jasur Jaloliddinov.

Oʻzbekiston U17: Abduvoxid Neʼmatov, Ulugʻbek Hoshimov, Hojimat Erkinov, Odil Abdumajidov, Behzod Shamsiyev, Sunnatillo Hamidjonov, Ibrohim Xalil Yoʻldoshev, Eldor Begimov, Ibrohim Ibragimov, Jasur Jaloliddinov, Diyor Ramazonov.

Shotlandiya U18: Ross Endryu Sinkleyr, Natan Patterson, Din Kempbell, Lyuk Robinson, Teylor Uilson, Mark Leonard, Etan Erxaxon, Entoni MakDonalds, Eidan Fispatrik, Jeymi Sempl, Etan Jeyms.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?