O‘zbekiston U-23 Qatarni ham yirik hisobda yengib, guruh g‘olibligini naqd qildi

10:31 17 Avgust 2018 Sport
326 0
Foto: MOQ

XVIII Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan futbol bahslarida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi tur doirasida O‘zbekiston U-23 Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Ravshan Haydarov shogirdlarining to‘liq ustunligi ostida o‘tgan uchrashuvda terma jamoa qatarliklar darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritib, raqibni tor-mor keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan oldin guruhda birinchi o‘rin masalasini hal etishdi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi turda O‘zbekiston Bangladesh ustidan ham yirik hisobda g‘alabaga erishgan edi. Ravshan Haydarov shogirdlari so‘nggi turni Tailand termasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Osiyo o‘yinlari – 2018.

O‘zbekiston U-23 - Qatar U23 6:0 (2:0)

Gollar: O‘rinboyev (37), Aliboyev (43), Hamdamov (47), Siddiqov (49), Masharipov (54, pen), Abduholiqov (74).

O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov (Doniyor Narzullayev, 55), Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Ikrom Aliboyev, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov (Jasurbek Yaxshiboyev, 76), Jaloliddin Masharipov, Zabihullo O‘rinboyev (Bobir Abduholiqov, 60).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?