O‘zbekiston U-23 Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

16:23 14 Avgust 2018 Sport
450 0
Foto: Telegram / MOQ

Bugun XVIII Osiyo o‘yinlarining futbol bahslariga start berildi. Birinchi turda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Bangladesh U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Zabihillo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Doston Hamdamov va Ikrom Aliboyev tomonidan kiritilgan gollar Ravshan Haydarov shogirdlariga yirik g‘alaba va dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Tailand va Qatar terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. O‘zbekiston terma jamoasi esa ikkinchi tur o‘yinini 16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo o‘yinlari-2018

O‘zbekiston - Bangladesh 3:0 (1:0)

Gollar: O‘rinboyev (23), Hamdamov (57), Aliboyev (66).

O‘zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Abbosjon Otaxonov, Jaloliddin Masharipov, Odiljon Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobir Abdixoliqov, 70), Javohir Sidiqov (Xurshid G‘iyosov, 79), Ikrom Aliboyev, Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg‘unboyev, 65), Dostonbek Tursunov.

Bangladesh U-23: Rana Ashraful Islom, Mia Rahmat, Buyon Jamol, Badsha Tutul Hussayn, Barman Topu, Rahmon Mahbubur (Iqbol Ja’far, 74), Fahad Muhammad Atikur, Uddin Saad, Zoni Ma’sum Mia, Gxosh Bishvanat, Biplo Ahmad.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?