Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi xalqaro musobaqada gʻolib chiqdi

10:29 10 Sentyabr 2018 Sport
186 0
Foto: OʻFA

Futbol boʻyicha Xitoyda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada Oʻzbekiston U-21 terma jamoasi gʻoliblikka erishdi. Xalqaro turnirda Jamshid Saidov bosh murabbiyligidagi jamoamiz birinchi turda Tojikiston U-21ni 1:0, keyin esa Myanma U-21ni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Soʻnggi turda mezbonlar bilan 1-1 hisobida durang oʻynagan vakillarimiz musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

Eʼtiborli jihati, soʻnggi turda Xitoy darvozasiga Sherzod Nasrullayev tomonidan kiritilgan gol turnirning eng chiroyli goli deb topildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?