O‘zbekiston Turkiyadan qariyb 5 mln dollarga teng tayyor kiyim-kechak sotib olgan

16:11 18 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
243 0

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSH dollariga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federasiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSH dollari bilan Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilda O‘zbekistonda qiymati 7,2 trln. so‘mga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?