Oʻzbekiston turizm eng tez rivojlanayotgan “Top-20 mamlakat roʻyxatida“ toʻrtinchi pogʻonani band etdi

10:47 04 Fevral 2020 Welcome to uzbekistan
222 0

Arxiv surat

Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston turizm sohasi eng jadal surʼatlarda rivojlanayotgan “Top-20 mamlakat roʻyxati“dan oʻrin olgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Jumladan, mamlakatimiz turizm sohasi eng tezkor rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda qayd etilgan.

Quyida turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatini koʻrishingiz mumkin:

1. Myanma (40,2%)

2. Puerto-Riko (31,2%)

3. Eron (27,9%)

4. Oʻzbekiston (27,3%)

5. Chernogoriya (21,4%)

6. Misr (21,1%) 7. Vyetnam (16,2%)

8. Filippin (15,1%)

9. Maldiv orollari (14,9%)

10. Bagama orollari (14,6%)

11. Qatar (14,5%)

12. Armaniston (14,4%)

12. Janubiy Koreya (14,4%)

13. Turkiya (14,0%)

14. Bosniya va Gersegovina (13,7%)

15. Tunis (13,6%)

16. Laos (11,5%)

17. Ozarbayjon (11,4%)

18. Isroil (10,5%)

19. Litva (10,1%)

20. Qozogʻiston (10,0)

UNWTO statistika maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda dunyo boʻylab xorijiy safarlar 1,5 milliardga yetgan. Bu koʻrsatkich 2018-yilga nisbatan toʻrt foiz koʻpdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?