Oʻzbekiston Tojikistonning yoʻlovchi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etdi

11:44 05 Sentyabr 2018 Jamiyat
145 0

Oʻzbekiston oʻzaro imzolangan bitimlarga muvofiq, Tojikiston yoʻlovchi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etmoqda. Bu haqda Tojikiston transport vazirligi matbuot markazi xabar berdi.

Jumladan, joriy yilning 1 avgustidan boshlab Oʻzbekiston tomoni Termiz, Qarshi va Samarqand temir yoʻl stansiyalarida Tojikiston poyezdlariga yoʻlovchilarni chiqarish va qabul qilib olishga ruxsat berdi. Shuningdek, koʻrsatilgan temir yoʻl stansiyalarida Tojikistondan kelayotgan yoʻlovchi poyezdlari uchun chiptalar xarid qilish mumkin.

Tojikistonning “Dushanbe-Moskva-Dushanbe”, “Koʻlob-Moskva-Koʻlob” va “Xoʻjand-Moskva-Xoʻjand” yoʻnalishidagi uzoq masofalarga harakatlanuvchi poyezdlariga Oʻzbekiston hududida chipta sotib olmoqchi boʻlgan yoʻlovchilarga ham imtiyozlar taqdim etilayotir

Koʻrsatilgan poyezdlarga oldindan chipta xarid qilgan yoʻlovchilarga chipta sotib olingan qilingan muddatga qarab 25, 20 va 10 foizlik chegirmalar beriladi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” temir yoʻl kompaniyasi 2018 yilning 15 avgustidan joriy yilning 31 dekabrigacha “Keles-Quduqli”, “Quduqli-Keles”, “Quduqli-Qoraqalpogʻiston”, “Amuzang-Keles” va “Amuzang-Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl uchastkalari orqali barcha tranzit temir yoʻl yuklarini tashish uchun chegirmalar beradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?