O‘zbekiston Tojikistonga yangi maktab qurib beradi

18:47 19 Iyul 2018 Siyosat
320 0
Arxiv foto

O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mahalliy “So‘g‘d” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.

Qurilish rejasiga ko‘ra, maktab 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan.

Tojikiston arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi Jamshed Ahmadzodaning aytishicha, Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, Xatlon viloyatining Qubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona qurilishi ham rejalashtirilgan.

Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Qayd etish joizki, Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?