O‘zbekiston Tojikiston bilan terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qiladi

18:41 23 May 2018 Siyosat
829 0

Похожее изображение

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish va tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar har ikki qardosh mamlakat ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlikdagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolishini ikki davlat idora rahbarlari alohida qayd etdilar. Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuv hujjatlari imzolandi. Muzokaralar o‘zaro ishonch, do‘stona va ishchan muhitda o‘tdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?