O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga Xitoydan 240 mln dollarlik investitsiya jalb qilinadi

15:12 15 Avgust 2018 Iqtisodiyot
424 0
Arxiv foto

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 14 ta loyihani amalga oshirish uchun Xitoydan 240 million dollarlik investitsiya jalb etish harakatlari boshlab yuborilgan. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov “Xalq so‘zi” muxbiri Said Rahmonovga ma’lum qildi.

“Bugungi kunda xitoylik investorlar ishtirokida umumiy qiymati 220 million AQSH dollarilik 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. Ammo bu mavjud imkoniyat darajasida emas. Shuning uchun tez orada yana 14 ta loyihani amalga oshirish, buning uchun esa 240 million dollarlik investitsiya jalb etish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Ular jinsi va paxmoq matolar, tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi”, — deydi Baxtiyor Muhammadsaidov.

Toshkent shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston — Xitoy biznes forumi vaqtida mazkur loyihalar tadbirda ishtirok etayotgan 30 dan ziyod xorijiy kompaniyalar rahbarlarida qiziqish uyg‘otgan. Hozirgacha beshta yirik kompaniya bilan boshlang‘ich kelishuvlarga erishilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?