Oʻzbekiston toʻlov tizimini rivojlantirishda AQSH kompaniyasi bilan hamkorlik koʻrib chiqildi

10:45 20 Avgust 2019 Iqtisodiyot
85 0

Kecha Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanovning “Visa CEMEA” kompaniyasi (AQSH) vitse-prezidenti Musheg Arakelyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston toʻlov tizimini rivojlantirish borasida milliy moliya tuzilmalarining “Visa CEMEA” kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi masalalari muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?