Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi—2019 dagi oʻyinlari vaqti aniq boʻldi

10:36 28 Sentyabr 2018 Sport
9683 0

Kelayotgan 2019 yil yanvarida futbol boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionatiga Birlashgan Arab Amirliklari davlati mezbonlik qiladi. Bugun, 27 sentyabr sanasida Abu-Dabi shahrida futbol boʻyicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasiga bagʻishlangan seminar oʻz ishini boshladi.

OʻFA matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, ushbu seminar 4 kun davom etadi. Seminarning dastlabki 2 kunida kun tartibidagi masalalar muhokama qilinsa, soʻnggi 2 kunida terma jamoalar vakillari oʻz jamoalari oʻyinlarni oʻtkazadigan shaharlarga tashrif buyurib, oʻyinlar oʻtkaziladigan stadionlar, mehmonxonalar, mashgʻulot maydonlarini koʻzdan kechirib, tashkilotchilar bilan barcha tashkiliy ishlar kelishib olinadi. Agar vakillar tomonidan qandaydir kamchiliklar aniqlansa, bu haqida tashkilotchiga maʼlumotlar taqdim etiladi.

Seminar davomida OFK vakillari terma jamoalar mutasaddilarini chempionat reglamenti bilan toʻliq tanishtirib, butun musobaqa davomida amalga kiritilishi mumkin boʻlgan yangilik va oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar beriladi. Futboldagi xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qoidalar takomillashtirib boriladi. Musobaqada davomida koʻzda tutilmagan vaziyatlar yuzaga kelsa, qanday harakatlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar beriladi. Mezbon davlatning iqlimini inobatga olib, shifokorlarga ham tegishli tavsiyalar beriladi.

Osiyo kubogi—2019 5 yanvar kuni boshlanadi. Musobaqada ilk marotaba 24 ta terma jamoa qatnashadi. 5 yanvar kuni ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi maydonga tushadi. Oʻzbekiston terma jamoasi esa turnirni Ummon terma jamoasiga qarshi boshlaydi. Bellashuv 9 yanvar sanasida boʻlib oʻtishi belgilangan.

Osiyo Kubogi—2019
F guruhi

1-tur
2019 yil 9 yanvar

Yaponiya – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 16:00
Oʻzbekiston – Ummon, Sharja, soat 18:30

2-tur
2019 yil 13 yanvar

Ummon – Yaponiya, Abu-Dabi, soat 18:30
Turkmaniston – Oʻzbekiston, Al-Ayn, soat 21:00

3-tur
2019 yil 17 yanvar

Ummon – Turkmaniston, Abu-Dabi, soat 18:30
Yaponiya – Oʻzbekiston, Al-Ayn, soat 18:30


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?