Oʻzbekiston terma jamoasi yana Erondan magʻlubiyatga uchradi

09:36 12 Sentyabr 2018 Sport
252 0
Foto: Farrux Aliyev

11 sentyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuv Toshkentdagi “Milliy“ stadionida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Eronliklar tarkibida zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Mehdi Torabiy 67-daqiqada kiritgan gol mehmonlarga kichik hsobdagi gʻalabani taqdim etdi. Bu natija orqali Eron ketma-ket toʻrtinchi marta Toshkentdan gʻalaba bilan qaytadigan boʻldi.

Shu tariqa, Ektor Kuper boshchiligida ikkinchi oʻyinini oʻtkazgan Oʻzbekiston termasi ilk magʻlubiyatini forslardan qabul qilib oldi.

Eslatib oʻtamiz, Ektor Kuperning debyut oʻyinida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etgandi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi

Oʻzbekiston—Eron 0:1 (0:0)
Gol: 
Mehdi Torabiy (67).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?