O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

12:40 13 Avgust 2018 Sport
440 0

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 6 sentyabr kuni Toshkentdagi “Milliy” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin muxlislar uchun qulay bo‘lgan payt soat 20:00da boshlanadi.

Bundan tashqari, 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya bilan, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar Toshkentda o‘tkaziladi.

Ektor Kuper mazkur o‘yin orqali O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi.

Hozirda qolgan FIFA kunlarida ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o‘tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga yetsa, 11 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuv ham Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oy boshida O‘zbekiston terma jamoasiga Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning terma jamoa bilan shartnoma muddati 3+1 ko‘rinishida imzolangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?