Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Janubiy Koreyaga qarshi oʻynaydi

15:30 26 Avgust 2018 Sport
180 0
Foto: zimbio.com

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Uchrashuv joriy yilning 20 noyabrida Avstraliyada boʻlib oʻtadi. Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, koʻplab terma jamoalar Osiyo Kubogi—2019ga Avstraliyada tayyorgarlik olib boradi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham aynan shunday tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreya bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoa sentyabr—oktyabr oylarida 4 ta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Jumladan, 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron, 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya va 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?