Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi 6 oyga diskvalifikatsiya qilindi

17:04 10 Oktyabr 2018 Sport
317 0

Oʻzbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov OFK tomonidan 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi.

OFK tomonidan chiqarilgan qarorda qayd qilinishicha, Jakartada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol musobaqalari chorak finalida Oʻzbekiston (U23) - Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin hakamga qarata suv idishini otgan OʻTJ aʼzosi Jaloliddin Masharipov 6 oy muddatga oʻrtoqlik oʻyinlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchi, shuningdek, 5 ming AQSH dollar jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida toʻlab berilishi shart qilib qoʻyilgan.

Endilikda futbolchi Oʻzbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok eta olmaydi. Masharipov oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham oʻtkazib yuboradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?