Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi

15:46 24 Avgust 2018 Sport
169 0

Xabaringiz bor, kecha Indoneziyada davom etayotgan navbatdagi Osiyo oʻyinlari doirasida futbol musobaqalari nimchorak finalining 4 ta uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongni magʻlub etib, chorak finalga chiqqan edi.

Vakillarimiz mazkur bosqichda Eronni musobaqadan chiqarib yuborgan Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 26 avgust kuni boʻlib oʻtadi. Chorak finalning yana bir juftligi Suriya hamda Vyetnam terma jamoalari oʻrtasida kechadi.

Bugun chorak finalning barcha ishtirokchilari ham maʻlum boʻladi. Ular quyidagi bahslar gʻoliblaridir:

Xitoy – Saudiya Arabistoni 14:00

Indoneziya – BAA 14:00

Malayziya – Yaponiya 17:30

Bangladesh – KXDR 17:30


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?