Oʻzbekiston terma jamoasi Adidas bilan shartnoma imzoladi

10:48 05 Sentyabr 2018 Sport
155 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba “Xalq soʻzi Online“ga maʼlum qildi.

Yangi shartnomaga muvofiq, bundan buyon Oʻzbekistoning barcha yoshdagi erkaklar va ayollar terma jamoalari aynan shu brend liboslarida maydonga tushishadi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston terma jamoasining Adidas liboslari dizayni ham maʼlum boʻlgan. U quyidagi koʻrinishda boʻlishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugunga qadar Oʻzbekiston terma jamoalari Ispaniyaning Joma firmasi tomonidan taqdim etilgan liboslarda maydonga tushib kelishardi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?