“Oʻzbekiston temir yoʻllari” bayram kunlari yana qoʻshimcha poyezdlarni yoʻlga qoʻydi

18:39 28 Avgust 2018 Iqtisodiyot
209 0
Foto: “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 31 avgust hamda 1,2,3,4,5 sentyabr kunlari harakat jadvalidan tashqari qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ “Xalq soʻzi“ga maʻlum qildi.

“Mustaqilligimizning 27 yilligini munosib tarzda nishonlash, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida yurtimiz aholisi va sayyohlar uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 31 avgust hamda 1,2,3,4,5 sentyabr kunlari harakat jadvalidan tashqari qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Qoʻshimcha yoʻlga qoʻyiladigan poyezdlar harakat jadvali haqidagi maʻlumotlarni railway.uz rasmiy saytidan hamda joylardagi temir yoʻl kassalaridan bilib olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?