“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda muhim lavozim tayinlovi amalga oshirildi

17:55 06 Dekabr 2018 Siyosat
360 0

Arxiv foto

Hukumat qarori bilan Xayitbay Axmadaliyevich Omonov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining sanoat ishlab chiqarishi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tasdiqlandi. 

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati xalq xoʻjaligi va aholining temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish ehtiyojlarini toʻla qondirish hamda temir yoʻlning barqaror va xavf-xatarsiz ishlashini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?