“Oʻzbekiston temir yoʻllari” oʻqituvchilarni sayohatga chorlamoqda

18:14 26 Sentyabr 2018 Jamiyat
512 0
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”.

1 oktyabr — “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati yoʻlovchilarga dam olish kunida yanada qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovini yoʻlga qoʻydi.

Elektropoyezd 1 oktyabr kuni soat 8:30da Toshkent markaziy vokzalidan joʻnab, soat 17:00da Samarqanddan ortga qaytadi. Ayni paytda ushbu qoʻshimcha poyezd uchun chiptalar sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni joylardagi temir yoʻl kassalari hamda hududiy temir yoʻl maʼlumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?