Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

16:56 20 May 2019 Jamiyat
338 0

2019 yilning 17 may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.

Vazir Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston rahbari va birodar tojik xalqiga iliq salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Tojikiston poytaxtida oʻtkazilgan “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyada koʻrilgan muammolarning dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama darajadagi va xalqaro shakllardagi Oʻzbekiston – Tojikiston munosabatlarining amaliy masalalari muhokama qilindi.

Markaziy Osiyoda koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va davlatimiz rahbariga eng ezgu tilaklarini yetkazib qoʻyishni soʻradi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?