Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari bilan uchrashdi

15:41 22 Avgust 2019 Jamiyat
79 0

2019-yilning 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Heylni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar bugungi kunda koʻp qirrali Oʻzbekiston-AQSH munosabatlari joʻshqin rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bunga turli darajadagi faol muloqotlar yoʻl ochdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yil may oyida Vashington shahriga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp hamda AQSH maʼmuriyatining yuqori martabali aʼzolari bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar hal qiluvchi voqea boʻldi.

AQSH bilan investitsiya, mamlakatni iqtisodiy va texnologik modernizatsiya qilish uchun texnologiyalar va ilgʻor AQSH tajribasini jalb qilishdir sohasida yaqin hamkorlik Oʻzbekiston uchun muhim ustuvor yoʻnalish ekanligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi konstruktiv aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli barcha sohalarda munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishga qatʼiy sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Devid Heyl Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yuksak baholadi va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan taʼlim almashuvini faollashtirishda koʻmak berishga AQSH tomoni tayyorligini tasdiqladi.

Yigʻilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Muzokaralarda AQSH Elchisi Daniyel Rozenblum ishtirok etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?