O‘zbekiston tashabbusi bilan Afg‘onistondagi tinchlik uchun xalqaro muloqot maydoni tashkil etildi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 27 mart kuni “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiya nafaqat mintaqa davlatlari, balki butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga AQSh, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan nufuzli delegatsiyalar tashrif buyurdi.
Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar konferensiya jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda. AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi telekanallari, axborot agentliklari va nashrlari anjuman tadbirlarini keng yoritmoqda.
Xalqaro konferensiyada Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham chiqish qildi. Shundan so‘ng, BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishning videomurojaati namoyish qilindi.
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini bayon qilgan, bu borada amaliy takliflarni ilgari surgan edi. Toshkent xalqaro konferensiyasi Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muhim siyosiy jarayondir.
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: