Oʻzbekiston - tarixda ilk marotaba Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni!

15:54 03 Dekabr 2018 Sport
351 0

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha boʻlgan boʻlgan aql-idrok sohiblari oʻrtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi.

Kecha hamyurtlarimiz soʻnggi, toʻqqizinchi tur doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va 2,5 : 1,5 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Shu tariqa vakillarimiz 9 tur yakuniga koʻra faxrli oltin medalga ega chiqdilar. Shaxmatchilarimiz musobaqa davomida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha, Moldova kabi terma jamoalarni magʻlubi etishdi. Bitta turda amerikalik raqiblarga imkoniyat boy berildi. Shaxmat Olimpiadasida yurtimiz sharafini Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov va Sitora Saparova himoya qildi.

Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston terma jamoasi avval bunday natija koʻrsatmagan. Butunjahon shaxmat olimpiadasining mazkur oltin medali oʻzbek shaxmati tarixida dastlabkisidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?