Oʻzbekiston taklifiga muvofiq muhim hujjatlar qabul qilindi

16:52 14 Iyun 2019 Siyosat
412 0

Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi. Aʼzo mamlakatlar oʻrtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, SHHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq SHHTga aʼzo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2019-2020-yillar davrida raislik Rossiya Federatsiyasiga oʻtdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?