Oʻzbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli vaqtincha toʻxtatiladi

12:59 21 Mart 2020 Jamiyat
164 0

Arxiv surat

Oliy sud rayosati tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari toʻxtatib turiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati maʼlum qildi.

“2020-yil 20-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yigʻilishi oʻtkazildi. Unda “Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish toʻgʻrisida”gi Rayosat qarori qabul qilindi.

Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari toʻxtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, sudlar tomonidan faqat kechiktirib boʻlmaydigan toifadagi ishlar koʻrilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud boʻlganda videokonferensaloqa rejimida koʻrilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari boʻlmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qatʼiyan man etilishi koʻzda tutilgan”, deyiladi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?