Oʻzbekiston spirtli ichimliklar eksportini 2 baravarga oshirdi

12:29 30 Sentyabr 2020 Jamiyat
482 0

2020-yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston 23 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan spirtli ichimliklarni eksport qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. AQSH dollariga yoki 2 barobarga oshgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 8 oyida eksport qilingan spirtli ichimliklar turlari quyidagicha:

Uzum sharobi (spirtli nastoykalar) – 8,6 mln.
Vino – 1,6 mln.
Vino konsetrati – 1,3 mln.
Konyak – 488,7 ming
Spirt – 142,3 ming
Aroq – 106,0 ming
Pivo – 39,2 ming AQSH dollari

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qiymati 468,5 mlrd. soʻmlik 40,3 mln. litr spirtli ichimliklar ishlab chiqarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?