Oʻzbekiston soliqqa tortish reytingida 64-oʻrinni band etdi

10:59 25 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
576 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston PwC va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilgan 2019 yil soliqqa tortish reytingi (Paying Taxes 2019) tadqiqotlarida 64-oʻrinni egalladi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda umumiy soliq stavkasi 32,1% tashkil qiladi, bu esa kompaniya daromadida soliq, kirim va toʻlovlarining solishtirma hajmi sanaladi. Agar ushbu koʻrsatkichni boshqa yurisdiksiyalar bilan solishtirsa, ular Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari boʻyicha oʻrtadan past sanaladi (32,8%), shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari koʻrsatkichidan ham past sanaladi (40,2%).

Soliq qonunchiligiga muvofiqlik uchun yillik vaqt hajmi nisbatida Oʻzbekiston koʻrsatkichi (181 soatni) tashkil qilib, u Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga yon bosadi(162 soat), ammo shu bilan birga aksariyat Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini ortda qoldiradi (hudud boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich — 220 soat).

Yana bir taqqoslama koʻrsatkich bu yillik soliq toʻlovi boʻlib, ushbu koʻrsatkich Oʻzbekiston uchun 10 ta toʻlovni tashkil qiladi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ushbu koʻrsatkich 16 ta toʻlovni, Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari uchun — 11 ta toʻlov. Oʻrtacha jahon koʻrsatkichi yillik 24 ta toʻlovni tashkil qiladi.

Tadqiqotga koʻra, dunyoning 163 mamlakati QQS tizimini qoʻllaydi. QQSni qaytarish boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkich Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, bu esa ularni Markaziy Amerika, Oʻrta Sharq va Osiyo-Tinch-okeani hududlaridan ajratib turadi.

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari TOP uchligiga Serbiya — 91,1, Moldova — 90,8 va Ukraina — 86 kirgan bir vaqtda Oʻzbekiston koʻrsatkichi 100 dan 48,2 tashkil qiladi.

MDHga aʼzo mamlakatlar orasida Ozarbayjon — 28, Rossiya — 53, Armaniston — 82, Qozogʻiston 56, Tojikiston — 136, Qirgʻiziston — 150-oʻrinda qayd etilgan.

Eng past daromad soligʻini Bruney (8%), Vanuatu (8,5%), Gruziya (9,9%), Qatar (11,3%), Kuvayt va Makedoniya (13%) tadbirkorlari toʻlaydi. Eng katta soliq yuki —Komor orollari (219,6%), Argentina (106%), Boliviya va Eritreya (83,7%), Ekvatorial Gvineya (79,4%), Palau (75,8%), Kolumbiya (71,9%) va Afgʻoniston (71,4%)da.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?