Oʻzbekiston sentyabrda 7,3 mln dollar qiymatida yengil avtomobil shinasi import qildi

10:15 19 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
120 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 50,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,4 mln. dona shina sotib olgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 320,2 ming donaga yoki 8,6 mln. AQSH dollariga kam.

Oʻzbekistonga yengil avtomobil shinasi asosan Xitoy davlatidan
(34,4 mln. AQSH dollari) olib kirilgan.

Oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobil shinasi eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 34,8 mln.
Chexiya – 8,7 mln.
Korea Respublikasi – 5,3 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 1,0 mln.
Turkiya – 0,5 mln. AQSH dollari

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda yengil avtomobil shinasi importi asosan, Andijon viloyati (36,9 mln.), Toshkent shahri (7,3 mln.) hamda Samarqand viloyati (4,4 mln. AQSH dollar) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?