Oʻzbekiston Saudiyaga tegishli neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi aksiyalardan tashvishda ekanini bildirdi

16:15 17 May 2019 Jamiyat
258 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda “Saudi Aramco” Saudiya davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning qayd etishicha, mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid soladi.

“Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yoʻl qoʻymaslikka chaqiradi”, deyiladi TIV bayonotida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?