O‘zbekiston Rossiyaga sarimsoq eksport qilish hajmini 84 foizga oshirdi

12:14 06 Avgust 2018 Iqtisodiyot
352 0
Illyustrativ foto

2018 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston Rossiyaga 795,5 ming AQSH dollarilik 779 tonna sarimsoq eksport qildi. Bu haqda “Eksporterы Rossii” portali xabar bermoqda.

Manbada qayd qilinishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston bu mahsulot eksport hajmini 84%ga, qiymatini esa 61%ga oshirgan.

2018 yil yanvar-may oylarida Rossiyaga sarimsoq piyozni Xitoy (77%) va Misr (17%) mamlakatlari eng ko‘p miqdorda eksport qilgan.

Rossiyaga sarimsoq importining 2 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?