Oʻzbekiston Rossiyada avtomobil yigʻishi mumkin

10:44 23 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
203 0

UzAuto Motors Rossiya bilan avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha muzokaralar olib boryapti. Bu haqda “Ъ” manbasi xabar berdi.

UzAuto Motors boshqaruvchi direktori Aleksandr Saxapovning aytishicha, muzokaralar ayni paytda faol bosqichda va uning natijalari yil yakunida eʼlon qilinadi.

Ishlab chiqarish maydoni sifatida “Derveys” zavodi koʻrilyapti, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi GM zavodini sotib olish varianti ham bor.

Shu yil may oyida RFning Karayevo-Cherkassiya Respublikasidagi “Derveys” korxonasida Ravon avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilayotgani maʼlum boʻlgandi.

Ilgari bu korxonada Xitoyning Lifan va Chery markalari yigʻilgan. Ayni paytga kelib bu jarayon toʻxtatilgan. Zavod sertifikatlash protsedurasidan oʻtayotgani bunga sabab qilib koʻrsatilgandi.

Sankt-Peterburgdagi zavod haqida gap ketganda, 2018-yil aprelida GM Uzbekistan hamda RF Sanoat va savdo vazirligi ushbu hududdagi GM maydoni boʻyicha maxsus investitsiyaviy shartnoma imzolash masalasini koʻrib chiqayotgani maʼlum qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?