O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda mobil televideniyeni yo‘lga qo‘yadi

17:24 16 Aprel 2018 Iqtisodiyot
131 0

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha Ishlar boshqarmasi hamda Butun Rossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek, Rossiyaning “Rossiya Segodnya” xalqaro axborot agentligi, “Pervыy Kanal”, “Rossiya24” telekanallari vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ikkitomonlama aloqalarni kengaytirish, jumladan media aloqalarni rivojlantirish, xususan raqamli uzatish, texnoparklar faoliyati, raqamli iqtisodiyot va internet tarmoqlarini tartibga solish, AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni o‘rnatish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, Rossiya delegatsiyasi vakillari mamlakatning raqamli tezeuzatish tizimiga o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdilar va mazkur raqamli platformada mobil televideniye faoliyatini yo‘lga qo‘yish fikrini ilgari surdilar.

Shuningdek, tomonlar rossiyalik rejissorlarni jalb qilgan holda o‘zbekistonlik atoqli namoyandalar faoliyati, o‘zbek olimlarining jahon taraqqiyotidagi hissasiga bag‘ishlangan hujjatli film hamda dasturlar tayyorlash masalasini ham muhokama qildilar.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?