Oʻzbekiston Rossiya avtomobillari importi boʻyicha yetakchiga aylandi

10:45 22 Avgust 2019 Jamiyat
156 0

2019-yil birinchi yarmi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlar ichida Rossiya avtomobillarini xarid qilish boʻyicha yetakchiga aylandi. Bu haqda Avtostat tahlil agentligi xabar berdi.

Ushbu davrda RFdan boshqa mamlakatlarga (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiradigan davlatlardan tashqari) 19,5 mingta yengil avtomobil eksport qilingan. Bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 37 foiz koʻpdir.

Shundan 70 foizi toʻrtta davlat hissasiga toʻgʻri kelgan. Xususan, ushbu bozorda Oʻzbekiston yetakchilik qilgani maʼlum boʻldi. Respublikamizga Rossiyada ishlab chiqarilgan qariyb 4,3 mingta avtoulov olib kelingan. Ikkinchi oʻrinda Chexiya(4 ming), uchinchi oʻrinda Latviya(3 ming), toʻrtinchi oʻrinda esa Ozarbayjon(2,1 mingdan ziyod) qayd etildi.

Boshqa mamlakatlarning bu boradagi koʻrsatkichlari kamtarona. Yengil avtomobillarning TOP-10 roʻyxatidan Slovakiya(851), Ukraina(787), Serbiya(688), Vengriya(626), Bolgariya(355) va Moʻgʻiliston(301) joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?