Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

08:39 29 May 2019 Hujjatlar
1358 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 156-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 180-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;

2) 181-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;

3) 1811-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;

4) 202-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini tutishning yoxud yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor, ozuqaviy va manzarali (dekorativ) turlarini yigʻish yoki tayyorlashning belgilangan tartibini yoki shartlarini, xuddi shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, –

eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmishlar:

a) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan toʻrt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmishlar:

a) xavfli retsidivist tomonidan;

b) shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalanib;

v) yerda, suvda yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib;

g) taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni qoʻllagan holda;

d) uyushgan guruh tomonidan;

ye) juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

j) Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki oʻsimlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam oylik ish haqining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorda, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan hayvonot hamda oʻsimlik dunyosi turlariga nisbatan yetkazilgan zararning oʻrni esa besh karra miqdorda qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi».

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 3, 156, 160, 161-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 63-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«63-modda. Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish

Gʻayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mahsulotini tayyorlash yoki qayta ishlash tashkilotining, savdo yoxud umumiy ovqatlanish tashkilotining mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilib olish, –

eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

2) 79-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 80-moddaning sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 81-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 83-moddaning sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 84-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 90-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.

Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, –

shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi»;

8) quyidagi mazmundagi 901-modda bilan toʻldirilsin:

«901-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish

Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, –

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

9) 92-moddaning sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 94-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 111-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish ularning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, –

eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi»;

12) 162-moddaning sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 1795-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;

14) 245-moddaning birinchi qismidagi “90-moddasining ikkinchi qismida, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida” degan soʻzlar “90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 901, 94, 99, 100, 101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida), 102, 103, 104, 105, 106, 107, 108, 110, 111-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

15) 287-moddaning:

1-bandi “90” raqamidan keyin “901” raqami bilan toʻldirilsin;

5-bandi “90” raqamidan keyin “901” raqami bilan toʻldirilsin;

6-bandidagi “1842, 1843, 198, 227, 2271–22727-moddalarida” degan soʻzlar “901, 1842, 1843, 198, 227, 2271–22727-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

16) 291-modda birinchi qismining:

«a» kichik bandidagi “125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida” degan soʻzlar “901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

«v» kichik bandidagi “60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 92, 94-moddalarida” degan soʻzlar “60, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 92, 94, 162-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

«g» kichik bandidagi “198, 227-moddalarida” degan soʻzlar “901, 198, 227-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 1-moddasining 1, 2, 3-bandlari, 2-moddasining 13-bandi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                      Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 28-may

№ OʻRQ—543


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?