Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida

10:01 26 Iyun 2019 Hujjatlar
1735 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi tasdiqlansin.*

2-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi 414–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 34-modda);

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini kuchga kiritish haqida»gi 415–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 35-modda);

3) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi 990–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan 518–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 132-modda);

4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida»gi 991–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 7-modda);

5) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi 1050–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda);

6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 1050a–XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 126-modda);

7) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 1051–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 127-modda);

8) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 549–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) II, X va XI boʻlimlari;

9) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida”gi 613–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 95-modda);

10) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) VII va XVIII boʻlimlari;

11) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi 809–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 206-modda);

12) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xususida»gi 810–I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 207-modda);

13) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 82–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda) I, IX, XIII va XXVII boʻlimlari;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Yangi tahrirdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida»gi 519–II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 133-modda);

15) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi 520–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 134-modda);

16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida»gi 521–II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 135-modda);

17) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 671–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) IV, V va XIII boʻlimlari;

18) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 714–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I boʻlimining 5, 21, 27 va 28-bandlari;

19) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ–194-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda) 2, 3, 6 va 11-moddalari;

20) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ–306-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/1, 344-modda) 1-moddasi;

21) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Saylov erkinligi yanada taʼminlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ–340-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 331-modda);

22) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 5-moddasi;

23) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentyabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–373-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 19-moddasi;

24) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–396-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 1, 4va 17-moddalari;

25) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi OʻRQ–439-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 383-modda) 3-moddasi;

26) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 10, 11 va 32-moddalari.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari Kodeksga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Kodeksning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019-yil 25-iyun

№ OʻRQ—544

*Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi matni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ­Majlisi ­palatalarining Axborotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?