Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlovlar uchun xorijiy hamkorlarga minnatdorlik

21:17 08 Sentyabr 2020 Siyosat
360 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblariga mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan qutlovlar yoʻllagani uchun koʻp millatli xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga berilgan yuksak baho va xayrixohlik, ikki tomonlama doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashga qaratayotgan eʼtibori, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlarini yengib oʻtishdagi samarali sheriklik uchun xorijiy hamkorlarga tashakkur aytdi.

Mamlakatimiz xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan uzoq muddatli aloqalarni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, fan, tibbiyot, taʼlim, madaniyat va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish uchun ochiq va tayyor ekani qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda yuzdan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan oʻz qutlovlarini yoʻllagan, shu jumladan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili;

Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon;

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;

Yaponiya Imperatori Naruxito;

Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind;

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II;

Belgiyaliklar Qiroli Filipp;

Ispaniya Qiroli Felipe VI;

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr;

Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustaf;

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr van der Bellen;

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev;

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;

Gretsiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu;

Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis;

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova;

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niynistyo;

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman;

Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Simonetta Sommaruga;

Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulayd;

Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk;

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Bosh vaziri oʻrinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saud;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy;

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid;

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Hasina;

Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Gotabaya Rajapaksa;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq;

Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Iordaniya Podshohi Abdalla II;

Quvayt Davlati valiahdi Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Isroil Davlati Prezideni Reuven Rivlin;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori Devid Xyorli;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Riʼyatuddin Al-Mustafo BILLOH;

Malayziya Bosh vaziri Tan Sri Muhyiddin Yassin;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte;

Bruney Dorussalom Davlati Sultoni Hassanal Bolkiyax;

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Bunnyang Vorachit;

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min;

Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Bidxya Devi Bxandari;

Maldiv Respublikasi Prezidenti Ibrohim Muhammad Solih;

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes;

Nikaragua Respublikasi Prezidenti Xose Daniyel Ortega Saavedra;

Yamayka Bosh vaziri Endryu Maykl Xolness;

BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuy;

Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili;

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik;

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bagʻdat Amreyev;

MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi prezidenti Jilber Ungbo va boshqalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?