Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist  Obid Asоmov vafot etdi

18:17 14 Dekabr 2018 Jamiyat
1900 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Obid Asomov vafot etdi. U shu yilning 11 dekabr kuni oʻtkir yurak huruji kasalligi bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Obid Asоmovning vafoti haqidagi xabarni Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati ham tasdiqladi.

Boshida Obid Asоmovning ahvoli qoniqarli ekanligi maʼlum qilingan boʻlsa-da, hamon jonlantirish boʻlimida saqlab turilgani maʼlum qilingan edi.

“Xalq soʻzi“ va “Narodnoye slovo“ gazetalari tahririyati marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik izhor etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

Matyoqub Matchonov: “Oltindek qimmatli, Humo qushi singari sarbaland...”

Xoʻsh, bu qanday anjuman oʻzi? Uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad nima? Kelgusida mazkur kinotaqdimot kino olami va olam kinosi ichra oʻz oʻrnini topib keta oladimi yoki salaflari kabi yoʻqlikka yuz tutadimi (zakiy oʻquvchi nima demoqchi ekanimizni tushunganiga shubha yoʻq, albatta)?

23 Yanvar 2019