Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi oʻzgardi

13:35 21 Mart 2020 Jamiyat
99 0

Foto: АОКА

Koʻp yillardan buyon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan, 2019-yil kuzida rasman vazir matbuot kotibiga aylangan Adilbek Kaipbergenov oʻrnini Avazbek Hojimetov egalladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi tayinlangan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hayʼati yigʻilishida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi – matbuot kotibi etib tayinlangan Avazbek Hojimetov va Tashqi ishlar vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan Rahmatulla Nazarov tanishtirildi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Maʼlumot uchun, Avazbek Hojimetov muqaddam koʻp yillar davomida Tashqi ishlar vazirligida ishlagan, 2016-yil avgustida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga matbuot kotibi etib tayinlangan. Keyinroq, prezident matbuot xizmati Axborot-tahlil ishlari boʻyicha sektori mudiri sifatida ishlagan, 2019-yil martidan 2019-yil oktyabriga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Rahmatulla Nazarov esa muqaddam Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?