Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Parij shahriga keldi

16:45 08 Oktyabr 2018 Siyosat
1143 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parij shahriga keldi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.

Bugun davlatimiz rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda Oʻzbekiston va YUNЕSKO oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga moʻljallangan qoʻshma Harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati raisi bilan va Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashishi koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?