Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisida

14:14 28 Avgust 2018 Hujjatlar
1645 0

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:

1. Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

2. Sultanov Xayritdin Madriddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ismailov Umar Sapayevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

4. Inoyatov Rustam Rasulevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

5. Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiniig fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

6. Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

7. Kasimov Rustam Sabirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimidan ozod etilsin.

8. Xaydarov Zilemxan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi lavozimidan ozod etilsin.

9. Magrupov Aziz Yuldashevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

10. Mavlonov Bekzot Mardonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

11. Muxammadiyev Ulugbek Islomovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

12. Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari buyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etilsin.

13. Paygamov Alisherbek Azizovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari – tashqi aloqalar masalalari xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

14. Allamjonov Komil Ismoilovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi –Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

15. Saidova Galina Karimovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilsin.

16. Ganiyev Elyar Majidovich Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tizimli muammolarni tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorligi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etilsin.

17. Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

18. Olloyorov Mansurbek Polvonzoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy taʼminlash shoʻʼbasi bosh inspektori lavozimidan ozod etilsin.

19. Usmanov Alisher Ataxanovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

20. Daminov Askarali Davlatovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

21. Saliyev Olim Adilovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlansin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2018 yil 27 avgust


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?