Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida

10:56 18 Yanvar 2020 Siyosat
777 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:

Ayupov Shavkat Abdullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori

Basitxanova Elmira Irkinovna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari

Saidov Sirojiddin Saloxovich - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

Sayfullayev Baxtiyor - Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori

Safoyev Sodiq Solixovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari

Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

Turdiyev Sodiqjon - Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yuldashev Bexzod Sadikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?