Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasi Seul shahriga tashrifi

14:47 18 Oktyabr 2019 Jamiyat
140 0

Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga yoʻllagan rasmiy taklifiga binoan mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Oybek Ortikovich Ismoilov boshchiligidagi harbiy delegatsiya joriy yilning 13—18-oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida boʻlib oʻtayotgan “Seoul ADEX-2019” Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari koʻrgazmasida ishtirok etmoqda.

“Seoul ADEX-2019” Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari koʻrgazmasi – bu muhim jismoniy va harbiy shaxslar hamda boshqa mutaxassislarning sohada erishilgan soʻnggi yutuqlari namoyishi va yangi texnologiyalar almashinuvi, ishtirokchilarning muhim uchrashuv va amaliy muzokaralar joyligi bilan ahamiyatlidir.

“Seoul ADEX-2019” Xalqaro koʻrgazmasi davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi tomonidan Seul shahri yaqinidagi KINTEX - Korea International Exhibition markaz va “Chxondju” aerodromida taqdim etilgan Harbiy havo kuchlari qurollari, Havo hujumidan mudofaa qurilmalari, uchuvchisiz uchish apparatlari, yerdagi qurol-aslaha, harbiy texnika va eksponatlar hamda boshqa Koreya Respublika korxonalarining xizmat turlari bilan tanishdi.

Shuningdek, Xalqaro aviakosmik va mudofaa texnologiyalari koʻrgazmasi davomida polkovnik Oybek Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun mudofaa sanoati assotsiatsiyasi raisi va bir qator Koreya va boshqa xorijiy kompaniyalar rahbarlari va vakillari, shu jumladan Koreya Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari Su Cho Suk bilan uchrashuvlar tashkil etilib, harbiy va harbiy texnik hamkorlik, Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda tajriba almashinuvi, turli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Bugungi kunda “Seoul ADEX-2019” Xalqaro koʻrgazmasida mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish boʻyicha oʻrinbosari polkovnik 
Oybek Ismoilov boshchiligida delegatsiya oʻz ishini davom ettirmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi xodimi Qaxramon Ermatov ham ishtirok etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?