Moliya vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

12:48 16 Sentyabr 2020 Siyosat
205 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qurbanmurat Taparov 1978 yilda Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999 yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012 yilda Risumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan. 

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻbasi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?