Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi

10:39 01 Sentyabr 2019 Jamiyat
258 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasi oliy taʼlim muassasalari “bank ishi” va “axborot texnologiyalari” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriaturaning kunduzgi boʻlimi oxirgi kursida hamda magistratura bosqichida taʼlim olayotgan, tanlov asosida saralab olinadigan talabalarga tayinlanadi.

2019/2020 oʻquv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-oktyabrdan boshlab tayinlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2019-yil 5 - 15-sentyabr, koʻrib chiqish va tanlov muddati - 16-sentyabr - 25-sentyabr.

Markaziy bank stipendiyasi respublika hududida oʻrnatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Markaziy bank stipendiyasini tayinlash uchun qoʻyidagi mezonlar belgilanadi:

oʻquv jarayonida (soʻnggi semestr natijalariga koʻra) yuqori reyting koʻrsatkichiga ega boʻlishi;

davlat tili, rus tili va bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi

(IELTS - 7.0 / TOEFL - 94 sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ingliz tili test sinovidan ozod etiladi);

bank va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi gʻolibi yoki sovrindoriga ustuvorlik beriladi.

Bogʻlanish uchun telefon raqamlari (71) 212-6064, 212-6044.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?